Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Isroil arxiv işi sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi. Tegişli özaro anglaşuv memorandumi “Özarxiv” agentligi va Isroil Davlat arxivi örtasida Özbekiston Milliy arxivida bölib ötgan marosimda imzolandi.
Hujjatni “Özarxiv” agentligi direktori Uluğbek Yusupov va Isroil Davlat arxivining boş arxivçisi, Isroil delegatsiyasiga rahbarlik qilgan Rut Avramoviç imzoladi.
Tadbirda Isroilning Özbekistondagi elçisi Gideon Lyustig, şuningdek, ikki mamlakat arxiv işi mutaxassislari, olimlar va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tomonlar arxiv hujjatlarini saqlaş, örganiş va raqamlaştiriş, tarixiy va madaniy merosni muhofaza qiliş, kasbiy tajriba almaşiş hamda qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş masalalarini muhokama qildi. Arxiv muassasalari faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etişga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uşbu sohadagi hamkorlik bir neça yildan buyon rivojlanib kelmoqda. 2021 yilda Yahudiy xalqi tarixi markaziy arxivi bilan hamkorlik memorandumi, 2022 yilda esa «Yad Vaşem» yodgorlik majmuasi bilan hamkorlik töğrisidagi bitim imzolangan.
Marosimda sözga çiqqan Gideon Lyustig Isroil va Özbekiston örtasidagi döstona munosabatlarning ahamiyatini qayd etib, tarixiy xotirani saqlaşda ilmiy va madaniy hamkorlik muhim örin tutişini ta’kidladi.
Yangi memorandum ikki mamlakat arxiv muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, bilim almaşiş, tarixiy manbalarni örganiş va qöşma tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Hamkorlik, şuningdek, tadqiqotçilar va keng jamoatçilikning arxiv materiallaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişni ham nazarda tutadi.