O‘zbekiston

O‘zbekiston va Qatar endokrinologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Qatar endokrinologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Qatar endokrinologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15 oktyabr kuni Toshkentda Qatarning Sidra Medicine tibbiyot markazi professori Xolid Husseyn ishtirokida O‘zbekiston endokrinologlarining IV xalqaro kongressi — «To‘raqulov o‘qishlari — 2026» bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

Kongress «Chegara bilmas endokrinologiya — ilm-fan, innovatsiyalar va klinik amaliyot» shiori ostida o‘tkaziladi.

Tadbir ishtirokchilari endokrinologiyaning dolzarb masalalari va xalqaro kasbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Sidra Medicine markazining bolalar endokrinologiyasi mutaxassisi hamda Weill Cornell Medicine — Qatar pediatriya professori Xolid Husseyn bolalardagi monogen kasalliklarni tashxislashda genetik diagnostika va maqsadli terapiyani qo‘llash mavzusida maʼruza qiladi.

Maʼruzada irsiy kasalliklarning genetik sabablarini aniqlash usullari va bemorlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda davolash usullarini tanlash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.

Qatarlik mutaxassisning kongressda ishtirok etishi klinik tajriba almashishga ko‘maklashish hamda akademik Yo. H. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan Sidra Medicine o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.