O‘zbekiston

Toshkentda 37 ta qozonxona va 441 km issiqlik tarmog‘i taʼmirlandi

Toshkentda 37 ta qozonxona va 441 km issiqlik tarmog‘i taʼmirlandi
Toshkentda 37 ta qozonxona va 441 km issiqlik tarmog‘i taʼmirlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda 2026–2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida 37 ta qozonxona va 441 km issiqlik tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Bu haqda “Issiqliktaʼminoti” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sherzod Sultonov OAV uchun kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda maʼlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 79,4 km issiqlik tarmog‘i va 37 ta qozonxonada kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Mamlakat hududlarida esa 77 ta qozonxona va 42 km issiqlik tarmog‘ida joriy taʼmirlash ishlari yakunlangan.

Shu bilan birga, issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish ishlari ham olib borilmoqda. Saudiya Arabistonining Saudi Tabreed kompaniyasi Nukusdagi “RK-1” qozonxonasini bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkonini beruvchi zamonaviy kogeneratsiya texnologiyalariga o‘tkazish uchun 20,3 million dollar yo‘naltiradi.

Loyiha kogeneratsiya qurilmasini qurish, 28 km yangi issiqlik tarmog‘ini yotqizish va 189 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatishni nazarda tutadi. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng 22 880 nafar aholini markazlashgan issiqlik taʼminoti bilan taʼminlash, tizimdagi yo‘qotishlarni esa 30 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan.

«Yangi O‘zbekiston» massivlarida ko‘p qavatli uylarni markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimiga ulash ishlari davom etmoqda. Hozirga qadar 117 km issiqlik tarmog‘i yotqizilib, 37 ta isitish qozoni o‘rnatilgan.

Issiqlik taʼminoti tizimining energiya samaradorligini oshirish va muqobil texnologiyalarni joriy etish ham ustuvor vazifalar qatorida qolmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.