O‘zbekiston

Samarqand vokzali binosida Bog‘don mehmonxonasi ochildi

Samarqand vokzali binosida Bog‘don mehmonxonasi ochildi
Samarqand vokzali binosida Bog‘don mehmonxonasi ochildi / Foto: “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand temir yo‘l vokzalining ikkinchi qavatida Bog‘don mehmonxonasi faoliyatini boshladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonxona uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlar yo‘lovchilari, shuningdek, poyezd jo‘nashini kutayotgan sayohatchilar uchun mo‘ljallangan. Obyekt tranzit yo‘lovchilar va Samarqandga tashrif buyurayotgan sayyohlarni ham qabul qiladi.

Mehmonxonada jami 96 kishiga mo‘ljallangan 36 ta xona jihozlangan. Mehmonlar uchun «shved stoli» shaklida nonushta taqdim etiladi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yo‘lovchi tuzilmasida taʼkidlanishicha, mehmonxona vokzal binosining o‘zida poyezd bilan kelgan yo‘lovchilar va jo‘nashini kutayotganlarga zarur xizmatlarni ko‘rsatishi kerak.

Temir yo‘l vokzallarini rivojlantirish sohani isloh qilishning bir qismi hisoblanadi. 2023 yil oktyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti temir yo‘l transporti sohasini yana-da isloh qilish to‘g‘risida qaror imzolagan.

Islohot doirasida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” tarkibida temir yo‘l vokzallarini boshqarish bilan shug‘ullanadigan «Temir yo‘l vokzallari» kompaniyasi tashkil etildi. Yangi tuzilma Uzbekistan Airports kompaniyasi tajribasi asosida tashkil etildi.

Hujjatda, shuningdek, Toshkent, Samarqand va Qo‘qon vokzallarini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish nazarda tutilgan.

Transport vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda tegishli Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish topshirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.