7
Özbekiston

Aholini röyxatga oliş yakunlariga köra, Özbekiston aholisi 39,05 mln kişini taşkil etdi

Aholini röyxatga oliş yakunlariga köra, Özbekiston aholisi 39,05 mln kişini taşkil etdi
Aholini röyxatga oliş yakunlariga köra, Özbekiston aholisi 39,05 mln kişini taşkil etdi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Mustaqil Özbekistonda ötkazilgan birinçi aholini röyxatga olişning yakuniy natijalariga köra, 2026 yil 15 yanvar holatida mamlakatda doimiy yaşovçi aholi soni 39 047 321 kişini taşkil etgan. Bu avvalgi joriy hisob-kitob körsatkiçidan 810,6 ming kişiga yoki 2,1 foizga köp. Bu haqda Milliy statistika qömitasiga tayanib, “Gazeta” xabar berdi.

Natijalar 13 noyabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida taqdim etildi. Aholini röyxatga olişdan oldin statistika organlari 1 yanvar holatiga aholi sonini 38,24 mln kişi deb baholagan edi.

Milliy statistika qömitasi raisining örinbosari Zohidjon Ziyayev tafovutni avvalgi umumiy aholini röyxatga oliş tadbiri 1989 yilda, SSSR davrida ötkazilgani bilan izohladi. Şundan beri aholi soni tuğiliş, ölim va migratsiya böyiça ma’muriy ma’lumotlar asosida hisoblab kelingan.

1989 yilda Özbekistonda qariyb 19,9 mln kişi yaşagan. Oxirgi ikki röyxatga oliş tadbiri orasidagi 37 yil davomida aholi soni deyarli ikki baravar köpaygan. 1979 yilgi röyxatga oliş natijalariga köra, aholi 15,4 mln, 1970 yilda 11,8 mln, 1959 yilda esa 8,1 mln kişini taşkil etgan. 1939 yilda respublikada 6,3 mln, 1926 yilda 5,3 mln, 1897 yilda esa 3,9 mln aholi hisobga olingan.

Şahar aholisi avvalgi hisob-kitobdan köproq

Eng katta özgariş şahar aholisining uluşida kuzatildi: bu körsatkiç 50,9 foizdan 54,5 foizgaça, ya’ni 3,6 foiz punktga oşdi. Şaharlarda 21,28 mln, qişloq joylarda esa 17,77 mln kişi yaşaydi. Ularning soni örtasidagi farq 3,51 mln kişini taşkil etadi.

Milliy statistika qömitasida ta’kidlanişiça, bu avvalgi baholarning aniqlaştirilişi bölib, qişloqlardan şaharlarga ommaviy köçişni anglatmaydi.

Mamlakatda erkaklar soni 19,77 mln nafarni (50,6%), ayollar esa 19,28 mln nafarni (49,4%) taşkil etadi. Erkaklar ayollardan 485,1 ming nafarga köp.

Örtaça yoş va umr köriş davomiyligi

Ziyoyev matbuot relizida keltirilmagan aniqlaştirilgan demografik körsatkiçlarni ham ma’lum qildi. Qayta hisob-kitobdan keyin aholining örtaça yoşi avvalgi 29,5 yoş örniga 29,6 yoşni taşkil etdi.

Tuğiliş çoğida kutilayotgan umr köriş davomiyligi 75,4 yoşdan 76,4 yoşgaça qayta körib çiqildi. Jamlanma tuğiliş koeffitsiyenti deyarli özgarmadi: avvalgi taxminan 3,2 körsatkiç örniga bir ayolga 3,21 nafar bola töğri keldi. Bu bir neça oy içida umr köriş davomiyligining haqiqatan oşganini emas, hisob-kitoblarning aniqlaştirilganini anglatadi.

Tarixiy demografik ma’lumotlar qatorlari xalqaro ekspertlar, jumladan, BMTning Aholi jamğarmasi (UNFPA) va Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) mutaxassislarining texnik kömagida qayta hisoblandi. Qömita yangilangan ma’lumotlar qatorlari va metodologik izohlarni e’lon qiladi. Ziyoyev tadqiqotçilarni qayta hisoblangan ma’lumotlarga tayanişga çaqirdi, çunki ular avvalgi körsatkiçlardan farq qilişi mumkin.

2 mln nafardan ortiq kişi vaqtinça mamlakatda bölmagan

Aholini röyxatga oliş vaqtida 36,96 mln kişi doimiy yaşaş joyida bölgan. Yana 2,09 mln kişi vaqtinça mamlakatda bölmagan, biroq ularning yöqligi bir yildan oşmagan.

Aholining xorijga yoki boşqa hududlarga ketişining eng köp uçragan sababi iş bilan boğliq bölgan. 1,64 mln kişi yoki vaqtinça yöq bölganlarning 78,6 foizi şu javobni bergan. Ta’lim oliş maqsadida ketganlar 329,2 ming kişini (15,7%) taşkil etgan. Qolgan sabablar ança kam uçragan. Oilaviy şaroitlarni 33,3 ming kişi, turizm va dam olişni 16 ming kişi, davolanişni 15,9 ming kişi, tijoratni 15,1 ming kişi, xizmat safariga borişni esa 3,2 ming kişi körsatgan. Yana 35,4 ming kişi boşqa sabablarni qayd etgan.

Aholining uçdan bir qismi mehnatga layoqatli yoşdan kiçik

Mehnatga layoqatli yoşdagi aholi 21,74 mln kişini yoki umumiy aholining 55,7 foizini taşkil etadi. Aniqlaştirişdan keyin bu körsatkiç avvalgi hisob-kitoblarga nisbatan 403,2 ming kişiga yoki 1,9 foizga köpaygan.

Mehnatga layoqatli yoşdan kiçik aholi 12,52 mln kişini (32%), undan katta yoşdagilar esa 4,79 mln kişini (12,3%) taşkil etadi. Bolalar va ösmirlar soni keksalar sonidan 2,6 baravar köp.

Mehnatga layoqatli yoşdagi har 100 kişiga şu yoşdan kiçik yoki katta bölgan 79,6 nafar boqimanda töğri keladi. Şaharlarda bu körsatkiç 77,9 nafarni, qişloq joylarda esa 81,7 nafarni taşkil etadi.

Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, aholining yoş tarkibida bolalar va yoşlar uluşi yuqori. 45 yoşgaça bölgan aksariyat yoş guruhlarida erkaklar soni ayollardan köp, 45–49 yoş guruhidan boşlab esa nisbat özgaradi. Mehnatga layoqatli yoşdan katta aholi orasida 2,92 mln ayol va 1,87 mln erkak bor. Demak, bu yoş guruhida ayollar uluşi qariyb 61 foizni taşkil etadi.

Köp bolali onalar soni kamaygan

15 yoş va undan katta yoşdagi 27,17 mln aholining 19,47 mln nafari (71,6%) rasmiy nikohda. 5,45 mln kişi (20,1%) heç qaçon nikohdan ötmagan. Bevalar soni 1,19 mln nafarni (4,4%), rasman ajraşganlar esa 501,8 ming nafarni (1,8%) taşkil etgan.

Yana 347,2 ming kişi (1,3%) rasmiy röyxatdan ötmagan nikohda yaşaydi, 216,8 ming kişi (0,8%) esa alohida yaşaydi. Bevalar orasida 981,5 ming ayol va atigi 208,5 ming erkak bor.

15 yoş va undan katta yoşdagi 10,51 mln ayol farzand körgan bölib, ularning jami farzandlari soni 29,2 mln nafarni taşkil etadi. Eng katta guruhni uç nafar farzand tuqqan onalar taşkil qiladi: ularning soni 3,27 mln nafar yoki farzand körgan ayollarning 31,1 foiziga teng. 1989 yilda bu körsatkiç 15,2 foiz bölgan.

Beş va undan ortiq farzand tuqqan ayollar uluşi 37 yil davomida 35,7 foizdan 8,8 foizgaça, ya’ni 26,9 foiz punktga kamaygan. Ikki nafar farzandli onalar uluşi 21,2 foizdan 27,5 foizga, tört nafar farzandlilar uluşi esa 11,3 foizdan 16 foizga oşgan. Bir nafar farzandli ayollar uluşi özgarmagan — 16,6 foiz.

Milliy statistika qömitasi vakili Jahongir Kambarov ham 1989 yilga nisbatan köp bolalilik darajasi pasayganiga e’tibor qaratdi.

Milliy tarkib

Mamlakatda özbeklar soni 34,9 mln nafarni yoki aholining 89,4 foizini taşkil etadi. Tojiklar 1,28 mln (3,3%), qoraqalpoqlar 841,4 ming (2,2%), qozoqlar 707,3 ming (1,8%), ruslar 606,5 ming (1,6%) nafarni taşkil etgan. Şuningdek, 219,1 ming qirğiz (0,6%) va 194,8 ming turkman (0,5%) röyxatga olingan. Boşqa millat vakillari soni 300 ming nafarni (0,8%) taşkil etgan.

Kambarovning aniqlik kiritişiça, millat fuqarolarning öz sözlariga köra, tasdiqlovçi hujjatlar talab qilinmasdan qayd etilgan. Şu sababli aholini röyxatga olişning ayrim körsatkiçlari davlat organlarining ma’muriy ma’lumotlariga mos kelmasligi mumkin.

Ta’lim darajasi

15 yoş va undan katta aholining 90,7 foizi umumiy örta ta’lim yoki undan yuqori ma’lumotga ega. Oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega kişilar soni 3,27 mln nafarni yoki 12 foizni taşkil etadi. Ularning 41,8 ming nafari oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega.

9,74 mln kişi (35,8%) örta maxsus va professional ta’lim olgan, 11,63 mln kişi (42,8%) umumiy örta ma’lumotga ega. 1,87 mln kişida (6,9%) tayanç örta, 658,1 ming kişida (2,4%) boşlanğiç ma’lumot bor. 7,2 ming kişi (0,03%) ma’lumotga ega emas.

Oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga erkaklarning 13,9 foizi, ayollarning esa 10,2 foizi ega. Şahar aholisi orasida bunday ma’lumotlilar uluşi 14,2 foizni, qişloq aholisi orasida esa 9,3 foizni taşkil etadi. Bu qariyb bir yarim baravar kam.

15–24 yoşli yoşlar orasida tafovut deyarli yöqoladi: erkaklarning 6,7 foizi va ayollarning 6,3 foizi oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. 70 yoş va undan kattalar orasida esa bu körsatkiç erkaklarda 22,7 foizni, ayollarda 9,1 foizni taşkil etadi.

Oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega aholi uluşi eng yuqori bölgan hudud Toşkent şahri — 24,9 foiz. Keyingi örinlarda Navoiy viloyati (14,9%) va Qoraqalpoğiston (13,1%) turadi. Eng past körsatkiç Andijon (9,4%), Namangan (9,5%) va Surxondaryo (9,7%) viloyatlarida qayd etilgan. Poytaxtda oliy ma’lumotli aholi uluşi Andijon viloyatiga nisbatan qariyb 2,6 baravar yuqori.

9,6 mln kişi ta’lim olmoqda

Yetti yoş va undan katta bölgan 9,62 mln kişi ta’lim taşkilotlarida öqiydi. Ularning 4,95 mln nafari (51,5%) erkaklar va öğil bolalar, 4,67 mln nafari (48,5%) esa ayollar va qizlardir.

2,93 mln kişi (30,5%) boşlanğiç ta’lim, 3,27 mln kişi (34%) tayanç örta ta’lim, 1,15 mln kişi (12%) umumiy örta ta’lim olmoqda. Örta maxsus va professional ta’limda 512,2 ming kişi (5,3%), oliy ta’limda 1,73 mln kişi (18%), oliy ta’limdan keyingi ta’limda esa 22,2 ming kişi (0,2%) tahsil olmoqda.

Oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarning 62,4 foizini 18–23 yoşli yoşlar taşkil etadi. Oliy ta’lim talabalari orasida ayollar uluşi 48,9 foiz, oliy ta’limdan keyingi bosqiçda tahsil olayotganlar orasida esa 58,2 foizga teng.

Tafovutlar eng köp qaysi hududlarda kuzatilgan?

Sentyabr oyida Prezidentga taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, turli hududlarda avvalgi statistik ma’lumotlar bilan tafovut sezilarli darajada farq qiladi. Jizzax viloyati aholisi avvalgi baholaşdan 2,7 foizga, Namangan viloyati 1,3 foizga, Surxondaryo viloyati 0,9 foizga, Qaşqadaryo viloyati esa 0,7 foizga kam bölib çiqqan. Buxoro viloyatida körsatkiç deyarli özgarmagan, qolgan hududlarda esa aholi soni avvalgi hisob-kitoblardan köproq bölgan.

Tuman va şaharlar darajasida tafovut yana-da sezilarli. Toşkent tumanida aholi soni avval hisoblanganidan 1,6 baravar köp, Andijon şahrida esa 15,8 foiz kam bölib çiqqan.

13 noyabrdagi matbuot relizida barça tuman va şaharlar böyiça özgarişlarning töliq jadvali keltirilmagan. Şuningdek, aholining maktablar, boğçalar, poliklinikalar va boşqa ijtimoiy obyektlar bilan ta’minlanganligi böyiça qayta hisoblangan ma’lumotlar ham mavjud emas.

Keyingi rejalar

Kambarovning sözlariga köra, yiğilgan ma’lumotlarning barçasi hali e’lon qilinmagan. Qonunçilikka muvofiq, röyxatga oliş natijalari 2027 yil 1 iyulga qadar bosqiçma-bosqiç e’lon qilinişi kerak edi. Biroq aholining katta qiziqişi sababli qömita natijalarni oldinroq taqdim etişni boşladi. Keyinçalik körsatkiçlar röyxati kengaytiriladi va ma’lumotlar viloyatlardan tumanlar darajasigaça batafsillaştiriladi.

Uning ta’kidlaşiça, avvalgi statistika bilan tafovutlarning bir qismi turli ma’lumot manbalari va hisobga oliş usullari bilan izohlanadi. Aholini röyxatga olişda ma’lumotlar fuqarolarning özlaridan olingan va ular doimiy röyxatdan ötgan joyi yoki uy-joyga bölgan huquqlarining rasmiylaştirilganidan qat’i nazar hisobga olingan.

Ziyoyevning ma’lum qilişiça, aholining 82,3 foizi onlayn tarzda röyxatdan ötib, ma’lumotlarni mustaqil ravişda töldirgan. Bu axborot yiğiş jarayonini tezlaştiriş, uning sifatini oşiriş va xarajatlarni kamaytiriş imkonini bergan. Qolgan aholi vakillarini «mahalla yettiligi» vakillari planşetlar yordamida xonadonma-xonadon aylanib röyxatga olgan.

Qömita yangi ma’lumotlardan ijtimoiy infratuzilmani rejalaştiriş, hududlarni rivojlantiriş va davlat dasturlarini tayyorlaşda foydalanilişiga umid qilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.