Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 16–17 noyabr kunlari Ummon poytaxti Maskat şahrida ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirişga bağişlangan Özbekiston va Ummon biznes-forumi bölib ötadi.
Tadbir doirasida özbekistonlik işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarining eksport salohiyatini namoyiş etadi. Şuningdek, iştirokçilar sanoat kooperatsiyasi va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qiladi.
Forum dasturidan, şuningdek, Made in Uzbekistan milliy mahsulotlari körgazmasi ham örin olgan.
Forumda Fors körfazi mamlakatlari bozorlariga elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib beriş, işbilarmon hamkorlar topiş hamda Ummon korxonalari bilan qöşma loyihalarni amalga oşirişdan manfaatdor kompaniyalar iştirok etişga taklif qilinadi.
Iştirok etiş uçun uşbu havola orqali röyxatdan ötiş lozim.