Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston mutaxassislari Buyuk Britaniyaning General Pharmaceutical Council (GPhC) taşkiloti vakili bilan dorixonalarni inspeksiyadan ötkazişning zamonaviy yondaşuvlari va nazoratning xavf-xatarga asoslangan tizimini qöllaş masalalarini muhokama qildi.
Onlayn uçraşuv 4 noyabr kuni Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi huzuridagi Yaxşi amaliyotlar markazi xodimlari iştirokida bölib ötdi.
Muloqot davomida tomonlar dorixonalar faoliyatini nazorat qiliş mexanizmlari, inspeksiyalarni rejalaştirişda xavf-xatarlarni baholaş usullaridan foydalaniş hamda nazorat tartib-taomillarini takomillaştiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari kasbiy tajriba almaşinuvini davom ettiriş istiqbollari va ikki mamlakatning tegişli taşkilotlari örtasida amaliy hamkorlik yönalişlarini belgilaş masalalarini muhokama qildilar.