Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qozoğiston havo sifatini yaxşilaş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş mexanizmiga aylanadigan «Toza havo» davlatlararo konsorsiumini taşkil etiş masalasini muhokama qildi.
Mazkur masala 23 oktyabr kuni Ostona şahrida Özbekiston Milliy ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi hamda Qozoğiston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining işçi guruhlari uçraşuvida asosiy mavzulardan biri böldi. Bu haqda Özbekiston Milliy ekologiya va iqlim özgarişi qömitasi xabar berdi.
Özbekiston delegatsiyasiga qömita raisining örinbosari I. Qutbiddinov rahbarlik qildi. Delegatsiya tarkibidan Milliy iqlim özgarişi markazi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi va Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari örin oldi. Qozoğiston tomonidan Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri A. Quantirov iştirok etdi.
Tomonlar atmosfera havosini muhofaza qiliş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, monitoring tizimini takomillaştiriş va transçegaraviy ifloslaniş manbalarini birgalikda örganiş masalalarini muhokama qildi.
Şuningdek, 2026–2030 yillarga möljallangan qöşma çora-tadbirlar yöl xaritasini takomillaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Hujjat havo sifatini yaxşilaş böyiça muvofiqlaştirilgan çoralarni nazarda tutadi. Bundan taşqari, ikki mamlakatning tegişli idoralari örtasida monitoring ma’lumotlarini tezkor almaşişni yölga qöyiş rejalaştirilgan.
Qömita bahosiga köra, erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaydi va ekologik ma’lumotlar almaşinuvi samaradorligini oşiradi.
Şuningdek, bu kelişuvlar havoning transçegaraviy ifloslanişi muammosini hal qiliş böyiça özaro muvofiqlaştirilgan yondaşuvlarni işlab çiqişga yordam beradi.