Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Turkiy dunyoning madaniy poytaxti» maqomini olgan Andijon shahri 18–23 oktyabr kunlari Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qirg‘izistondan teatr sanʼati hamda muzey ishi vakillarini qabul qilmoqda.
Shaharda , TURKSOY homiyligida xalqaro madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Dasturdan , TURKSOYning IV xalqaro teatr festivali, tashkilotga aʼzo teatrlar rahbarlarining uchrashuvlari, Turkiy dunyo muzeylarining V uchrashuvi hamda , TURKSOY Muzeylar ittifoqining V navbatdagi yig‘ilishi o‘rin olgan.
Shuningdek, «Yilning eng yaxshi muzeyi» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlar ishtirokchilari Andijon temir yo‘l vokzali va xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Tashkilotchilar uchrashuvlar turkiy xalqlarning madaniy merosini namoyish etish, teatr anʼanalari bilan tanishish va muzeylar sohasida tajriba almashish uchun maydon bo‘lib xizmat qilishini kutmoqda.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazish mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, ijodiy muloqotni rivojlantirish va turkiy xalqlarning umumiy qadriyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan.