7
Moliya

O‘zbekiston va Ozarbayjon fintex sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Ozarbayjon fintex sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Ozarbayjon fintex sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Ozarbayjon markaziy banklari moliyaviy texnologiyalar, to‘lov tizimlari va raqamli aktivlarni tartibga solish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Ushbu masalalar O‘zbekiston Markaziy bankida Ozarbayjon Markaziy banki raisi Talex Qozimov boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va uni yana-da kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda moliyaviy regulyatorlar o‘rtasidagi hamkorlik ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama darajada rivojlanib bormoqda.

Transchegaraviy fintex loyihalari, shuningdek, ixtisoslashgan tashkilotlar va ekspertlarning amaliy hamkorligi asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi.

Uchrashuv ishtirokchilari raqamli aktivlarni tartibga solish, regulyator sandbokslarini rivojlantirish, fintex startaplarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma pilot loyihalarni ishga tushirish masalalarini ham muhokama qildi.

Ochiq banking va ochiq moliya ekotizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Ozarbayjon tomoni ochiq bankingning markazlashtirilgan infratuzilmasini yaratish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirdi.

Ushbu infratuzilma yagona API standartlari, mijozlarning roziligini boshqarish mexanizmlari va tegishli tartibga solish vositalaridan foydalanishni nazarda tutadi.

Bundan tashqari, ikki markaziy bank vakillari pul-kredit siyosati, makroiqtisodiy tahlil va maʼlumotlarni boshqarish sohalarida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv ishtirokchilarining fikricha, bunday tashabbuslar ekspertlar salohiyatidan yana-da samarali foydalanish va amaliy tajriba almashinuvini kengaytirish imkonini beradi.

Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni aniq tashabbuslarga aylantirish, mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va uzoq muddatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash niyatini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.