Özbekiston

Özbekiston dorixonalarni inspeksiyadan ötkaziş böyiça Britaniya tajribasini örganmoqda

Özbekiston dorixonalarni inspeksiyadan ötkaziş böyiça Britaniya tajribasini örganmoqda
Özbekiston dorixonalarni inspeksiyadan ötkaziş böyiça Britaniya tajribasini örganmoqda / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston mutaxassislari Buyuk Britaniyaning General Pharmaceutical Council (GPhC) taşkiloti vakili bilan dorixonalarni inspeksiyadan ötkazişning zamonaviy yondaşuvlari va nazoratning xavf-xatarga asoslangan tizimini qöllaş masalalarini muhokama qildi.

Onlayn uçraşuv 4 noyabr kuni Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantiriş agentligi huzuridagi Yaxşi amaliyotlar markazi xodimlari iştirokida bölib ötdi.

Muloqot davomida tomonlar dorixonalar faoliyatini nazorat qiliş mexanizmlari, inspeksiyalarni rejalaştirişda xavf-xatarlarni baholaş usullaridan foydalaniş hamda nazorat tartib-taomillarini takomillaştiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.

Şuningdek, uçraşuv iştirokçilari kasbiy tajriba almaşinuvini davom ettiriş istiqbollari va ikki mamlakatning tegişli taşkilotlari örtasida amaliy hamkorlik yönalişlarini belgilaş masalalarini muhokama qildilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.