Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Polşa savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma loyihalarga Polşa investitsiyalarini jalb etiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
4 noyabr kuni Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Akram Aliyev Polşa Savdo palatasi prezidenti Andjey Arendarskiy bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda tomonlar özaro savdo hajmini oşiriş, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, turizm, axborot texnologiyalari, quriliş, qayta tiklanuvçi energetika, logistika, farmatsevtika va ta’lim sohalarida qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş istiqbollarini körib çiqdilar. Migratsiya masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari, ayniqsa, qayta tiklanuvçi energetika va quriliş sohalarida Polşa kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlariga, jumladan, Yangi Toşkentni rivojlantiriş loyihasi doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar töğridan-töğri işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaş, biznes-delegatsiyalar almaşinuvini taşkil etiş hamda investitsiya loyihalarini ilgari surişga qaratilgan qöşma tadbirlarni ötkazişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.