Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Singapur huquqni muhofaza qiluvçi organlari vakillari kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş va axborot xavfsizligini ta’minlaş sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Uçraşuv Özbekiston Içki işlar vazirligi Akademiyasida bölib ötdi.
Muzokaralarda Singapur politsiya tuzilmalarining kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş bilan şuğullanuvçi mutaxassislari hamda Özbekiston IIV Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş departamenti vakillari iştirok etdi.
Tomonlar xalqaro tajriba almaşiş, şuningdek, transçegaraviy kiberjinoyatlarni aniqlaş va tergov qilişda amaliy hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Kiberjinoyatlardan jabr körgan har ikki mamlakat fuqarolarining mulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratildi. Iştirokçilar jinoiy daromadlarni aniqlaş, ularning harakatini kuzatib boriş va yetkazilgan moddiy zararni qoplaşga kömaklaşiş masalalarini ham muhokama qildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar axborot va tajriba almaşişni yana-da rivojlantiriş, mutaxassislar malakasini oşirişga qaratilgan qöşma tadbirlarni taşkil etiş hamda Özbekiston va Singapur vakolatli organlari örtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini ta’kidladi.