Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Şvetsiya özbekistonliklarni qişloq xöjaligi, quriliş va tibbiyot sohalarida uyuşgan holda işga joylaştiriş mexanizmlarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.
Muzokaralar 12 noyabr kuni mehnat mobilligi sohasidagi hamkorlik böyiça pilot loyiha (PMMP) doirasida qöşma boşqaruv qömitasining birinçi yiğilişida bölib ötdi.
Yiğilişda Özbekiston Migratsiya agentligi, Şvetsiya Migratsiya agentligi, ikki mamlakatning diplomatik idoralari hamda Xalqaro migratsiya taşkiloti (XMT) vakillari iştirok etdi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli uçta ustuvor yönalişini belgilab oldi. Birinçi yönaliş qişloq va örmon xöjaligi, şuningdek, turizm sohalarida mavsumiy bandlikni nazarda tutadi.
Ikkinçi yönaliş payvandçilar va qurilişning ayrim kasblari vakillarini öz içiga olgan malakali işçi mutaxassisliklarini qamrab oladi. Uçinçi yönaliş esa tibbiyot xodimlarini tayyorlaş va keyinçalik işga joylaştirişga taalluqli.
Dastlabki möljal sifatida 100 nafargaça mavsumiy işçi, 50 nafar payvandçi va 100 nafar tibbiyot mutaxassisidan iborat guruhlar muhokama qilindi. Hozirça bu körsatkiçlar tasdiqlangan kvotalar yoki iş beruvçilarning majburiyatlari hisoblanmaydi.
Migratsiya agentligi direktori Behzod Abdurahmonov umumiy dasturni işlab çiqiş bilan bir qatorda, aniq pilot guruhlarini şakllantirişga kirişişni taklif qildi. Buning uçun tomonlar tört-beşta ustuvor kasbni belgilab, iş beruvçilarning ehtiyojlari, malaka va til talablari, şuningdek, nomzodlarni tayyorlaş muddatlarini kelişib olişni rejalaştirmoqda.
Özbekiston mutaxassislarni dastlabki saralaş, kasbiy va til böyiça öqitişni taşkil etişga tayyorligini bildirdi.
Zarur hollarda xorijlik instruktorlarni jalb qiliş va bölajak iş beruvçilar iştirokida malaka sinovlarini ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Tomonlar tibbiyot kadrlarini tayyorlaş masalasini Şvetsiyaning Syormland mintaqasi misolida alohida körib çiqdi. Unda özbekistonlik nomzodlar avval mamlakatimizda şved tilini B2 darajasigaça örganişi, keyin esa Şvetsiyada C1 darajasigaça ta’lim olişini nazarda tutuvçi model muhokama qilindi.
C1 darajasi kasbiy sertifikatlaş talablarini bajariş uçun zarur. Biroq tibbiyot xodimlarini işga jalb qiliş böyiça alohida dastur hozirça kelişilmagan.
XMT qöşma niyatlar deklaratsiyasi doirasida loyihani qöllab-quvvatlaşga tayyorligini tasdiqladi. Iştirokçilar, şuningdek, nomzodlarni şaffof saralaş, iş beruvçilar ehtiyojlarini tekşiriş, noqonuniy işga joylaştiriş va insofsiz vositaçilikning oldini oliş çoralarini muhokama qildi.
Keyingi rejalardan biri Şvetsiya iş beruvçilari, tarmoq birlaşmalari va Özbekistonning litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyişdan iborat. Şuningdek, Şvetsiya kompaniyalari vakillarining Özbekistonga tanişuv taşrifini taşkil etiş imkoniyati ham körib çiqilmoqda.
2027 yil boşida ikki mamlakat rekruting kompaniyalari örtasida uçraşuvlar ötkazilişi mumkin. Iş beruvçilar tomonidan talab mavjudligi tasdiqlansa, tomonlar işga joylaştirişning keyingi bosqiçlariga ötiş uçun nomzodlarning dastlabki guruhlarini tayyorlaşni rejalaştirmoqda.
Iştirokçilar tadbirlar rejasi ustida işlaşni davom ettiriş va muntazam onlayn maslahatlaşuvlar ötkazişga kelişib oldi.
Boşqaruv qömitasining navbatdagi yuzma-yuz yiğilişi 2027 yil yanvar oyi oxirida Özbekistonda ötkazilişi mumkin.