Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda jazoni ijro etiş muassasalarida uzoq muddatli uçraşuvlar, masofaviy videomuloqotlar va telefon orqali suhbatlar uçun yangi tariflarni belgilaş taklif etilmoqda. Tegişli normativ-huquqiy hujjat loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra, uzoq muddatli uçraşuv xonalaridan foydalaniş narxi ularning siğimiga qarab belgilanadi va tölov amalga oşirilayotgan kundagi bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) asosida hisoblanadi. Xona bir sutkadan kam vaqt foydalanilgan taqdirda ham tölov töliq bir kun uçun undiriladi.
Quyidagi kunlik tariflarni joriy etiş taklif qilinmoqda: ikki örinli xona uçun BHMning 20 foizi, uç örinli xona uçun 25 foizi va tört örinli xona uçun 30 foizi.
Masofaviy videomuloqotning har bir daqiqasi uçun BHMning 0,5 foizi, telefon orqali suhbatning har bir daqiqasi uçun esa 0,1 foizi miqdorida haq undiriş rejalaştirilmoqda.
Loyihada uzoq muddatli uçraşuv xonalaridan foydalanganlik uçun haq tölaşdan ayrim toifadagi şaxslarni ozod qiliş ham nazarda tutilgan. Ular qatoriga mahkumlarning özlari, boşqa voyaga yetgan şaxslar hamrohligisiz kelgan 16 yoşgaça bölgan bolalar, I guruh nogironligi bölgan şaxslar, şuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari kiradi.
Biroq uşbu imtiyozlar masofaviy videomuloqotlar va telefon orqali suhbatlarga tatbiq etilmaydi.
Agar xizmat texnik nosozliklar, aloqa tarmoqlari, Qal‘a tizimidagi muammolar yoki foydalanuvçiga boğliq bölmagan boşqa holatlar sababli töliq körsatilmasa yoki umuman taqdim etilmasa, körsatilmagan xizmat qismi uçun haq undirilmaydi.
Amalga oşmagan videomuloqot yoki telefon suhbati uçun mahkumning hisobidan yeçilgan mablağlar uning şaxsiy hisobvarağiga qaytarilişi kerak.
Agar uçraşuv yoki suhbat foydalanuvçining aybi bilan muddatidan oldin töxtatilsa, amalda foydalanilgan vaqt uçun tölangan mablağ qaytarilmaydi.