Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 28 oktyabr soat 08:00 dan 30 oktyabr soat 08:00 gaça A373 «Toşkent — Öş» avtomobil yölining birinçi kilometrida, Çirçiq daryosi ustidan ötgan köprikda Toşkentdan Farğona vodiysi tomon harakatlaniş çeklanadi.
Çeklov poytaxtning Bektemir tumanida joylaşgan köprikda ta’mirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan joriy etiladi. Bu haqda Özbekiston Avtomobil yöllari qömitasi xabar berdi.
Ohangaron şossesi tomon harakatlanayotgan transport vositalari Toşkent halqa avtomobil yölining D001 yölidagi 47-kilometrdan Rohat aylanma yöli orqali Qöyliq yönalişiga yönaltiriladi.
Yuqoriçirçiq tumanidan Toşkent şahriga kirayotgan avtomobillar esa D012 avtomobil yölining 6-kilometridan Yiq-Ota va Farğona yöli tomon qayta yönaltiriladi.