Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ispaniyaning Toledo viloyatida yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani munosabati bilan Ispaniya qiroli Filipp VI ga hamdardlik maktubini yo‘lladi.
Davlat rahbari Ispaniya xalqiga, shuningdek, halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Jabrlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Kastiliya-La-Mancha avtonom hamjamiyati hukumati rahbari Emiliano Garsia-Paxening maʼlumotiga ko‘ra, avariya oqibatida kamida 68 kishi halok bo‘lgan.
Poyezdlar to‘qnashuvi ertalab Toledo viloyatidagi Urda aholi punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Har ikki poyezd Madrid — Sevilya yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan edi. Hodisa vaqtida poyezdlarda 540 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Avariya oqibatida poyezdlardan birining ikki vagoni relsdan chiqib ketgan.