O‘zbekiston

Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi

Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi
Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Turkiyaga boradi / Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 29–30 oktyabr kunlari ishchi tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi.

Davlat rahbari Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Uchrashuv «Turkiy asr: tilda, fikrda va amalda birlik» mavzusida o‘tkaziladi.

Sammit ishtirokchilari tashkilot doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Asosiy eʼtibor savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, transport logistikasi, madaniy-gumanitar hamkorlik, turizm, ekologiya va taʼlim sohalariga qaratiladi.

Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Anqara deklaratsiyasi, shuningdek, TDTga aʼzo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator qo‘shma qarorlar va hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.