Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tölovga qobiliyatsizlik tizimini takomillaştiriş böyiça hamkorlikning keyingi yönalişlarini belgilaşga kelişib oldi.
Hamkorlik masalalari 2026 yil 28 oktyabr kuni adliya vaziri örinbosari — Tölovga qobiliyatsizlik işlari agentligi direktori N. Muhammadiyevning bank vakillari bilan uçraşuvida muhokama qilindi.
Tomonlar Özbekistondagi tölovga qobiliyatsizlik tizimining diagnostik tadqiqoti natijalarini, tahlil davomida aniqlangan asosiy muammolarni hamda işning keyingi bosqiçi uçun zarur çora-tadbirlarni körib çiqdi.
Uçraşuvda xalqaro va xorijiy ekspertlarning xulosa hamda tavsiyalarini uşbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqiş va takomillaştirişda qöllaş masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar OTB bilan hamkorlikning ustuvor yönalişlari, aniq çora-tadbirlar va ularni amalga oşiriş muddatlarini belgilaydigan qöşma çora-tadbirlar rejasini tayyorlaşga kelişib oldi.
Uşbu reja xalqaro standartlar va ekspertlar tavsiyalarini hisobga olgan holda Özbekistonda tölovga qobiliyatsizlik tizimini rivojlantiriş böyiça keyingi işlarni tizimlaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Uçraşuv Özbekiston va OTB örtasida tegişli normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş hamda tölovga qobiliyatsizlikni tartibga soliş mexanizmlarini rivojlantiriş böyiça hamkorlikning navbatdagi bosqiçi böldi.