Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiya 2026–2027 yillarga möljallangan suv xöjaligi sohasidagi hamkorlik dasturini imzoladi. Hujjat 2026 yil 25 oktyabr kuni Misrda bölib ötgan IX Qohira suv haftaligi doirasida tuzildi.
Dasturda suvni tejovçi texnologiyalar, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qiliş, raqamlaştiriş, ilmiy tadqiqotlar olib boriş va mutaxassislar tayyorlaş yönalişlarida hamkorlik qiliş nazarda tutilgan. Hujjat Turkiya qişloq va örmon xöjaligi vaziri örinbosari Ebubekir Gizligider bilan ötkazilgan muzokaralar yakunlari böyiça imzolandi.
«Suv — tinçlik, umumiy farovonlik va barqaror sayyora omili» şiori ostida ötkazilgan xalqaro konferensiyada Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi delegatsiyasi vazir Şavkat Hamroyev boşçiligida iştirok etdi. Tadbirda suv resurslarini samarali boşqariş, transçegaraviy hamkorlik, iqlim özgarişiga moslaşiş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi.
«Umumiy suv havzalari doirasida suv diplomatiyasi va ilmiy asoslangan hamkorlik» mavzusidagi yuqori darajali vazirlar sessiyasida Şavkat Hamroyev Özbekistonning Markaziy Osiyoda suv diplomatiyasini rivojlantiriş, qöşni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş va Orol dengizi havzasidagi ekologik muammolarni hal etiş borasidagi tajribasini taqdim etdi.
Şuningdek, u Özbekistonning 2027–2029 yillarda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasiga raisligi davridagi ustuvor yönalişlarini belgilab berdi. Ular mintaqaviy suv hamkorligini rivojlantiriş va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirişni nazarda tutadi.
Misr bilan hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatning suv resurslari va irrigatsiya vaziri Hani Sevilam bilan uçraşuvda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bundan taşqari, Özbekiston Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Misr Milliy suv tadqiqotlari markazi özaro anglaşuv memorandumini imzoladi. Hujjat qöşma tadqiqotlar ötkaziş, raqamli monitoringni rivojlantiriş, suvni tejovçi texnologiyalarni joriy etiş va mutaxassislar almaşinuvini nazarda tutadi.
Suv resurslarini boşqariş xalqaro instituti (IWMI) rahbariyati bilan muzokaralar davomida tomonlar Özbekistonning mintaqaviy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va Markaziy Osiyoning suv muammolariga bağişlangan tadbirlarni taşkil etiş böyiça kelişib oldi. Uşbu tadbirlarni 2026 yil dekabr oyida bölib ötadigan BMTning Suv resurslari böyiça konferensiyasi hamda 2027 yilgi Jahon suv forumi doirasida ötkaziş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Islom oziq-ovqat xavfsizligi taşkiloti (IOFS) va Qurğoqçil mintaqalarda qişloq xöjaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (ICARDA) bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikning ehtimoliy yönalişlari qatoriga qurğoqçilikka çidamli ekinlarni yetiştiriş, suvni çuçuklaştiriş, şörlangan yerlarni tiklaş, yomğir suvidan foydalaniş va qöşma loyihalarni moliyalaştiriş kiradi.
Qohira suv haftaligida iştirok etiş Özbekistonning suv resurslarini boşqariş sohasidagi xalqaro va mintaqaviy hamkorligini yana-da rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş uçun maydon böldi.