Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Uzbekistan Airports kompaniyasi 21–23 oktyabr kunlari Frankfurtda bölib ötgan Routes World 2026 xalqaro aviatsiya forumi doirasida xorijiy aviakompaniyalar bilan Özbekistonga yangi aviamarşrutlarni oçiş va amaldagi aviaqatnovlarni kengaytiriş böyiça muzokaralar ötkazdi.
Tadbirda aviakompaniyalar, aeroportlar va havo orqali taşişni rejalaştiriş hamda marşrutlar tarmoğini rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi boşqa taşkilotlar vakillari iştirok etdi. Forum yangi aviakompaniyalarning Özbekiston bozoriga kiriş istiqbollari va amaldagi hamkorlar bilan aloqalarni kengaytiriş masalalarini muhokama qiliş imkonini berdi.
Uzbekistan Airports delegatsiyasi All Nippon Airways, Japan Airlines, Aegean Airlines, Edelweiss Air, Bangkok Airways, FlyOne Armenia, ITA Airways, SunExpress, Transavia France, Delta Air Lines, Qantas va Vietjet Air aviakompaniyalari vakillari bilan uçraşdi. Şuningdek, UPS logistika kompaniyasi hamda Yaponiyaning Çubu xalqaro aeroporti vakillari bilan muzokaralar ötkazildi.
Tomonlar yangi aviamarşrutlarni oçiş, mavjud yönalişlarda parvozlar çastotasini oşiriş va Özbekistonning mintaqaviy aeroportlari orqali xalqaro aviaqatnovlarni rivojlantiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Muhokamalarning asosiy yönalişlaridan biri mamlakat hududlarining transport jihatidan qulayligini oşiriş böldi. Mintaqaviy aeroportlar orqali aviamarşrutlar tarmoğini kengaytiriş yölovçilar uçun yönalişlar tanlovini köpaytirişi va xalqaro taşuvlarni amalga oşiriş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişi mumkin.
Routes World forumida iştirok etiş Uzbekistan Airports kompaniyasiga xorijiy aviakompaniyalar bilan aloqalar örnatiş, ularning Özbekiston bozoriga qiziqişini muhokama qiliş va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaş imkonini beradi. Kompaniyaning taqdim etilgan xabarida yangi reyslarni yölga qöyiş böyiça aniq kelişuvlar haqida ma’lumot berilmagan.