Iqtisod

Özbekistonda toğ-kon sanoati hajmi 57,8 trln sömga yetdi

Özbekistonda toğ-kon sanoati hajmi 57,8 trln sömga yetdi
Özbekistonda toğ-kon sanoati hajmi 57,8 trln sömga yetdi / Foto: Milliy statistika qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) —  Özbekistonda 2026 yilning yanvar–avgust oylarida toğ-kon sanoati va oçiq konlarni işlaş sohasidagi işlab çiqariş hajmi 57,8 trln sömni taşkil etdi. Uşbu tarmoq mamlakatdagi jami sanoat işlab çiqarişining 6,2 foiziga töğri keldi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Umuman, 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida Özbekistonda sanoat işlab çiqarişi hajmi 926,5 trln sömga yetdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga köpdir.

Sanoat tarkibida eng katta uluşni qayta işlaş sanoati egallaydi. Yanvar–avgust oylarida uşbu tarmoqdagi işlab çiqariş hajmi 805,7 trln sömni yoki jami sanoat işlab çiqarişining 87 foizini taşkil etdi.

Elektr energiyasi, gaz, buğ bilan ta’minlaş va havoni konditsiyalaş sohalaridagi işlab çiqariş hajmi 58,2 trln sömga teng böldi. Bu mamlakatdagi jami sanoat işlab çiqarişining 6,3 foizini taşkil etadi.

Suv bilan ta’minlaş, kanalizatsiya tizimi, çiqindilarni yiğiş va utilizatsiya qiliş sohalaridagi işlab çiqariş hajmi esa 4,8 trln sömni yoki mamlakat sanoat işlab çiqarişining 0,5 foizini taşkil qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.