Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonning doimiy aholisi 39 535,2 ming kişini taşkil etdi. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,8 foizga köp. Ma’lumotlar 2026 yil 15 yanvar holatiga ötkazilgan aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş natijalari asosida hisoblangan. Bu haqda Özbekiston Milliy statistika qömitasi xabar berdi.
2026 yil yanvar–sentyabr oylarida mamlakatda 638,6 ming kişi tuğildi, 123,4 ming kişi vafot etdi. Aholining tabiiy ösişi 515,2 ming kişini taşkil qildi. Şu davrda 172 mingta nikoh va 36,8 mingta ajrim qayd etildi. Xorijdan 2114 kişi mamlakatga kelgan, 6398 kişi esa çet elga köçib ketgan.
Şaharlarda 21 523,8 ming kişi yoki aholining 54,4 foizi, qişloq joylarda esa 18 011,4 ming kişi yoki 45,6 foizi istiqomat qiladi. Mamlakatda erkaklar soni 20 014 ming kişini (50,6 foiz), ayollar soni esa 19 521,2 ming kişini (49,4 foiz) taşkil etdi.
Eng köp aholi Samarqand viloyatida yaşaydi — 4462,8 ming kişi. Keyingi örinlarda Farğona viloyati (4293 ming), Toşkent viloyati (3799,1 ming), Qaşqadaryo viloyati (3746,2 ming) va Andijon viloyati (3574,4 ming) turadi. Toşkent şahri aholisi 3278,5 ming kişini taşkil etdi. Aholi soni eng kam hududlar Sirdaryo (965,4 ming) va Navoiy (1196,6 ming) viloyatlaridir.
Yil davomida aholi eng tez Surxondaryo viloyatida ösdi — 2,2 foiz. Qaşqadaryo viloyati va Toşkent şahrida ösiş 2,1 foiz, Jizzax viloyatida esa 2 foiz böldi. Aholi eng sekin Qoraqalpoğiston Respublikasida (1,1 foiz) va Navoiy viloyatida (1,3 foiz) ösdi.
2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, aholi ziçligi har bir kvadrat kilometrga 88,1 kişini taşkil etdi. Bir yil avval bu körsatkiç 86,5 kişiga teng bölgan. 2022 yilda esa aholi ziçligi har bir kvadrat kilometrga 81,4 kişi darajasida edi.
Töqqiz oyda tuğilganlar soni 2025 yilning şu davriga nisbatan 26 mingtaga kamaydi. Tuğiliş koeffitsiyenti har ming kişiga 21,7 nafarni taşkil etdi. Tuğiliş körsatkiçi uçinçi yil ketma-ket pasaymoqda: 2023 yil yanvar–sentyabr oylarida 716,9 ming nafar, 2024 yilda 693,9 ming nafar, 2025 yilda esa 664,6 ming nafar çaqaloq tuğilgan.
Yangi tuğilgan çaqaloqlarning 329,8 ming nafari öğil bolalar (51,6 foiz), 308,8 ming nafari esa qiz bolalar (48,4 foiz) böldi. Şaharlarda 310,5 ming nafar (48,6 foiz), qişloq joylarda esa 328,1 ming nafar (51,4 foiz) çaqaloq dunyoga keldi.
Vafot etganlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 8,8 ming kişiga kamaydi. Ölim koeffitsiyenti har ming kişiga 4,2 nafarni taşkil etdi. Vafot etganlarning 68,5 ming nafari erkaklar (55,5 foiz), 54,9 ming nafari ayollar (44,5 foiz) böldi. Şaharlarda 65,7 ming kişi (53,2 foiz), qişloq joylarda esa 57,7 ming kişi (46,8 foiz) vafot etgan.
Qayd etilgan nikohlar soni 5 mingtaga kamaydi. Nikoh koeffitsiyenti har ming kişiga 5,9 tani taşkil etdi. Nikohlar soni 2022 yildan beri pasayib kelmoqda. Öşa yili töqqiz oy davomida 197 mingta nikoh qayd etilgan. Joriy yilda şaharlarda 88 mingta (51,2 foiz), qişloq joylarda esa 84 mingta (48,8 foiz) nikoh tuzilgan.
Ajrimlar soni esa, aksinça, 1,4 mingtaga köpaydi. Ajrim koeffitsiyenti har ming kişiga 1,3 tani taşkil etdi. Ajrimlarning 21,9 mingtasi (59,5 foiz) şaharlarga, 14,9 mingtasi (40,5 foiz) qişloq joylarga töğri keldi.
2026 yil yanvar–sentyabr oylarida mamlakat içida yaşaş joyini jami 260 746 kişi özgartirgan. Xorijdan kelganlar ham hisobga olinganda, mamlakatga köçib kelganlar soni 262 860 kişini, köçib ketganlar esa 267 144 kişini taşkil etdi. Şu tariqa, xorijga köçib ketganlar soni mamlakatga kelganlar sonidan 4284 kişiga köp böldi.
Eng köp aholi Toşkent şahriga köçib kelgan — 91 142 kişi. Poytaxtdan 65 072 kişi boşqa joyga köçib ketgan. Xorijdan kelganlar soni böyiça ham Toşkent şahri birinçi örinda: bu yerga çet eldan 1396 kişi kelgan. Çet elga eng köp aholi Qoraqalpoğiston Respublikasidan (2329 kişi), Toşkent viloyatidan (1647 kişi) va Navoiy viloyatidan (1312 kişi) köçib ketgan.
Xorijga köçib ketganlar soni 2023 yildagi eng yuqori körsatkiçdan keyin pasayib bormoqda. Öşa yili töqqiz oyda mamlakatni 14 666 kişi tark etgan. 2024 yilda bu körsatkiç 8374 kişini, 2025 yilda esa 7585 kişini taşkil etgan. Xorijdan kelganlar soni esa 2025 yildagi 1133 kişidan joriy yilda 2114 kişiga oşgan.
Yangi aholi röyxatga olişi ötkazilgunga qadar aholi soni 1989 yilgi röyxatga oliş natijalariga har yili tuğiliş, ölim va migratsiya böyiça ma’lumotlarni izçil qöşib boriş orqali hisoblab kelingan.
Statistika qömitasida ta’kidlanişiça, vaqt ötişi bilan bunday hisob-kitoblar natijasida olingan körsatkiçlar bilan aholining haqiqiy soni örtasida tafovut yuzaga kelgan. Buning sababi şundaki, aholini röyxatga olişda odamlar amalda yaşab turgan joyi böyiça hisobga olinadi, tuğiliş, ölim va migratsiya esa doimiy röyxatdan ötgan joyi böyiça qayd etiladi.
Ma’lumotlarni özaro taqqoslaş imkonini ta’minlaş uçun ötgan yillarga oid körsatkiçlar ham qayta hisoblangan. Aholini röyxatga olişning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan keyin ayrim körsatkiçlarga aniqlik kiritilişi mumkin.