Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Zamin” fondi Vasiylik kengaşi raisi Jahon bolalar farovonligi sammiti — «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yöli» iştirokçilari bilan birgalikda markaziy mavzusi bola bölgan körgazmaga taşrif buyurdi.
Ekspozitsiya bolaning hayot yölini namoyiş etdi. Bu yöl hali bola tuğilmasidan, bölajak onaga ğamxörlik qilişdan boşlanadi.
Keyingi bosqiçlar xavfsiz tuğruq, bolaning ilk qadamlari, boğça, maktab va ijtimoiy muhitga moslaşiş davrini qamrab oladi. Bu jarayon kasb tanlaş va mehnat faoliyatini boşlaş bilan yakunlanadi.
Taşrif buyuruvçilar bolaning asosiy ehtiyojlari ortida davlat va jamiyatning doimiy mas’uliyati turişini kördilar. Taşkilotçilar bunday ehtiyojlar qatoriga xavfsizlik hissi, yaqinlar mehri, ta’lim oliş, muloqot qiliş va öz kelajagini tanlaş imkoniyatini kiritdi.
Şuningdek, soğliqni saqlaş, ijtimoiy himoya va ta’lim sohalaridagi qonunlar hamda islohotlar bolalar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçişi kerakligiga alohida e’tibor qaratildi.
Körgazma bilan tanişuv yakunida mehmonlar katta qoğoz qayiqça oldiga kelib, unga öz tilaklarini yozib qoldirdilar.
Qayiqça birgalikdagi umidlarning safarga otlanişini ifodalaydi.