Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 22 oktyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston va Bolgariya taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning törtinçi davrasi bölib ötdi.
Özbekiston delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri örinbosari Muzaffar Madraximov, Bolgariya delegatsiyasiga esa taşqi işlar vaziri örinbosari Ivanka Taşeva rahbarlik qildi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Tomonlar siyosiy-diplomatik hamkorlikning borişi va istiqbollarini, şuningdek, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş masalalarini muhokama qildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş hamda xalqaro taşkilotlar doirasidagi muloqotni çuqurlaştiriş masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Maslahatlaşuvlar iştirokçilari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşdi.
Uçraşuv yakunlariga köra, tomonlar Özbekiston va Bolgariya örtasidagi hamkorlikni yana-da çuqurlaştiriş hamda erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş niyatini bildirdi.