Shoshilinch
O‘zbekiston

Öqiş uçun xorijga ketgan özbekistonliklar soni 33 foizga kamaydi

Öqiş uçun xorijga ketgan özbekistonliklar soni 33 foizga kamaydi
Öqiş uçun xorijga ketgan özbekistonliklar soni 33 foizga kamaydi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida 16 522 nafar Özbekiston fuqarosi ta’lim oliş maqsadida xorijga çiqdi. Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 8,1 ming nafarga yoki 33 foizga kam.

2025 yilda xorijda tahsil oliş uçun yölga çiqqan özbekistonliklar orasida eng ommabop yönaliş Tojikiston bölgan. Öşa yilning dastlabki töqqiz oyida uşbu mamlakatga 5 534 nafar fuqaro öqiş maqsadida borgan. 2026 yilda esa Rossiya yetakçi yönalişga aylandi.

Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida 3 847 nafar Özbekiston fuqarosi ta’lim oliş uçun Rossiyaga borgan. Ikkinçi örinni 2 809 nafar fuqaro bilan Qirğiz Respublikasi, uçinçi örinni esa 2 118 nafar özbekistonlik ta’lim oliş uçun borgan Janubiy Koreya egalladi.

Turkiyaga öqiş maqsadida 1 818 nafar, Xitoyga 1 248 nafar, Qozoğistonga 1 112 nafar Özbekiston fuqarosi yöl olgan. Tojikistonga esa 904 nafar fuqaro ta’lim oliş uçun borgan.

Boşqa yönalişlar qatorida Buyuk Britaniya ham bor. Uşbu mamlakatga 784 nafar özbekistonlik öqiş uçun borgan. Germaniyani 374 nafar, AQŞni esa 231 nafar fuqaro tanlagan.

Bundan taşqari, yana 1 277 nafar Özbekiston fuqarosi ta’lim oliş maqsadida boşqa mamlakatlarga yöl olgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.