Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Samarqandda «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli rivojlanişi sari» xalqaro sammitiga bağişlangan IMKON markazining oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, sammitda iştirok etayotgan mamlakatlarning birinçi xonimlari va boşqa yuqori martabali mehmonlar qatnaşdi.
Markaz Özbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiradi. Muassasada maktabgaça ta’lim, korreksion-pedagogik yordam va kompleks reabilitatsiya xizmatlari körsatiladi.
Bolalar uçun dasturlarni har bir bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda işlab çiqiş rejalaştirilgan. Şuningdek, ota-onalar bolalar egallagan könikmalarni uy şaroitida mustahkamlaş uçun mutaxassislardan tavsiyalar olişlari mumkin böladi.
Markazning maktabgaça ta’lim bölimi 150 öringa möljallangan bölib, 2 yoşdan 7 yoşgaça bölgan bolalar uçun 10 ta ixtisoslaştirilgan guruhni öz içiga oladi.
Ambulatoriya bölimi esa har oyda 2 yoşdan 18 yoşgaça bölgan qariyb 100 nafar bolani reabilitatsiya kurslariga qabul qiliş imkoniyatiga ega böladi.
Markazda davolaş jismoniy tarbiyasi, nutq va mayda motorikani rivojlantiriş, sensor integratsiya, fizioterapiya va boşqa muolajalar yölga qöyiladi. Bu yerda yetti yönalişdagi şifokorlar, defektolog-pedagoglar, logopedlar, psixologlar, reabilitatsiya mutaxassislari va boşqa xodimlar faoliyat yuritadi.
Samarqanddagi markaz IMKON muassasalari tarmoğining bir qismiga aylandi. Uşbu tarmoqning markazlari Nukus, Qibray, Qarşi va Zarafşonda ham faoliyat körsatmoqda.
2025 yilda tarmoq muassasalarida 546 mingdan ortiq muolaja va maşğulot ötkazilgan. Ambulator reabilitatsiya kurslaridan esa 3 777 nafar bola ötgan.
Markazlar tarmoğini kengaytiriş işlari davom etmoqda. Farğonada ham şunday markaz qurilişi boşlangan. Namangan va Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida yana ikkita muassasa quriş rejalaştirilgan.