Shoshilinch
Sport

Özbekiston va Portugaliya futzal böyiça hamkorlikni kengaytirişga kelişdi

Özbekiston va Portugaliya futzal böyiça hamkorlikni kengaytirişga kelişdi
Özbekiston va Portugaliya futzal böyiça hamkorlikni kengaytirişga kelişdi / Foto: Özbekiston futzal federatsiyasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Portugaliya futzal sohasidagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi. Bunda murabbiylarni tayyorlaş, tajriba almaşiş va milliy terma jamoalar örtasida örtoqlik uçraşuvlarini taşkil etişga alohida e’tibor qaratiladi.

Kelişuvlarga Özbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulovning Portugaliya futbol federatsiyasi apparati rahbari Karlos Netu va federatsiya huzuridagi futzal murabbiylarining malakasini oşiriş markazi rahbari Pedru Diaş bilan uçraşuvi davomida erişildi. Bekzod Mamatqulov Portugaliyada işçi taşrif bilan bölib turibdi.

Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantiriş, professional tajriba almaşiş va Portugaliya futzalidagi ilğor metodikalarni Özbekistonda joriy etiş istiqbollarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida portugaliyalik tajribali mutaxassislar iştirokida özbekistonlik murabbiylar uçun seminarlar, treninglar va öquv kurslarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Şuningdek, Özbekiston milliy terma jamoalari murabbiylarining Portugaliyada malaka oşirişi va amaliy tajriba ötaşi uçun imkoniyatlar yaratiş rejalaştirilmoqda.

Hamkorlikning yana bir yönalişi ikki mamlakat mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş böyiça muntazam dasturlarni yölga qöyişdan iborat böladi.

Bundan taşqari, tomonlar kelgusida Özbekiston va Portugaliyaning milliy, yoşlar va ösmirlar terma jamoalari örtasida futzal böyiça örtoqlik uçraşuvlarini muntazam taşkil etişni rejalaştirmoqda.

Erişilgan kelişuvlar mutaxassislarni professional tayyorlaşni rivojlantiriş va ikki mamlakat örtasidagi sport aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.