7
Sport

Maʼrufxo‘jayev Paraosiyo o‘yinlarida rekord bilan oltin medal qo‘lga kiritdi

Maʼrufxo‘jayev Paraosiyo o‘yinlarida rekord bilan oltin medal qo‘lga kiritdi
Maʼrufxo‘jayev Paraosiyo o‘yinlarida rekord bilan oltin medal qo‘lga kiritdi / Foto: O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakillari Qudratillo Maʼrufxo‘jayev va To‘libo‘y Yo‘ldoshev Paraosiyo o‘yinlarida erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish musobaqasida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Maʼrufxo‘jayev 16,66 metr natija ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egalladi va Paraosiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Yo‘ldoshev esa yadroni 15,79 metrga uloqtirib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

Ushbu yo‘nalishda bronza medali Quvayt vakiliga nasib etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.