Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa 16–18 oktyabr kunlari davom etadigan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Tashrif doirasida delegatsiya mamlakatda futbolni ommalashtirish, sport infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator loyihalar hamda obyektlar bilan tanishadi.
Tashrif O‘zbekistonda futbolni yana-da rivojlantirish va Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratish imkonini berishi kutilmoqda.