Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi shaxmatchisi Afruza Xamdamova Samarqandda bo‘lib o‘tgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida xalqaro master (IM) unvoni uchun uchinchi normani bajardi.
Xamdamova turnir davomida O‘zbekiston ayollar terma jamoasining birinchi taxtasida o‘ynadi. U 10 ta partiyada 6,5 ochko jamg‘arib, 2470 reyting-performans natijasini qayd etdi.
O‘zbek shaxmatchisi Olimpiadada mag‘lub etgan raqibalar orasida reytingi 2468 bo‘lgan AQSH vakili Karissa Yip hamda Niderlandiya vakili Eline Ryobers ham bor edi...