Sport

O'zbekiston Osiyo o'yinlarida ikkita kumush medalni qo'lga kiritdi

O'zbekiston Osiyo o'yinlarida ikkita kumush medalni qo'lga kiritdi
O'zbekiston Osiyo o'yinlarida ikkita kumush medalni qo'lga kiritdi / Foto: Aichi–Nagoya 2026.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Yaponiyada o‘tkazilayotgan Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Dzyudo bo‘yicha 73 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Shahram Ahadov finalgacha yetib bordi va hal qiluvchi bahsda Birlashgan Arab Amirliklari vakiliga mag‘lub bo‘ldi. Yakuniy bellashuv natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi ikkinchi o‘rinni egallab, Osiyo o‘yinlarining kumush medaldori bo‘ldi.

Yana bir kumush medalni O‘zbekistonga yunon-rum kurashi bo‘yicha Alisher G‘aniyev taqdim etdi. 60 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida u ham finalga chiqdi va hal qiluvchi bahsda Qirg‘iziston vakiliga yutqazdi.

Shu tariqa, Ahadov va G‘aniyev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining medallar jamg‘armasini yana ikki kumush medal bilan to‘ldirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.