Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futbol böyiça ösmirlar terma jamoasi 2026 yilgi U-17 jahon çempionatining ilk uçraşuvida Kot-d‘Ivuar terma jamoasiga 1:2 hisobida mağlub böldi. Hal qiluvçi gol raqiblar tomonidan uçraşuvning 89-daqiqasida kiritildi.
Kot-d‘Ivuar terma jamoasi 7-daqiqada Yaoning goli evaziga hisobni oçdi. 51-daqiqada Hakimov hisobni tenglaştirdi. Biroq 89-daqiqada Diarrassuba ikkinçi golni kiritib, öz jamoasiga ğalaba keltirdi.
Uçraşuv 20 noyabr kuni E guruhi doirasida bölib ötdi. Uşbu guruhning boşqa bahsida Italiya terma jamoasi Yamaykani 6:0 hisobida mağlub etdi. Federiko Kroçi ikkita gol muallifi böldi. Şuningdek, Diyego Perillo, Joele Jammattei va Tomas Korilyano ham öz nomlarini tabloga yozdirişdi. Yana bir gol Yamayka futbolçisi Jamari Nolanning avtogoli sifatida qayd etildi.
FIFA U-17 jahon çempionati 2026 yil 19 noyabrdan 13 dekabrga qadar Qatarda bölib ötmoqda. Musobaqada 12 ta guruhga taqsimlangan 48 ta terma jamoa iştirok etmoqda.