Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-16 Ayder Qurbayev boshchiligidagi ilk uchrashuvida Qozog‘iston U-17 terma jamoasi bilan durang o‘ynadi. Uchrashuv 4:4 hisobida yakunlandi.
O‘zbekiston tarkibida Fayz Achilov, Abdulloh Xolmamatov va Behruz Samatov gol urdi. Qozog‘iston darvozasiga kiritilgan yana bir to‘p Axilboyevning avtogoli natijasida qayd etildi.
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibida Aziz Berdiyev, Azizillo Erkinjonov, Abdulaziz Bobirov, Usmon Shuhratillayev, Yahyo Baxtiyarov, Rozimurod Rozimurodov, Husan O‘ralov, Abu bakr Mamatov, Hasan O‘ralov, Fayz Achilov va Abdulloh Xolmamatov maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida zaxira o‘rindig‘idan Bahriddinov, Odilov, O‘ktamov, Akbaraliyev, To‘raqulov, O‘skanboyev, Andreyev, Samatov va Baxodirov maydonga chiqdi. Ayupov, Abdurahimov va Shukurov zaxirada qoldi.