Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi vakili, taekvondo WT sportçisi Asadbek Samandarov Dakarda ötkazilayotgan ösmirlar örtasidagi yozgi Olimpiya öyinlarining kumuş medaliga sazovor böldi. Bu haqda Özbekiston terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hal qiluvçi final bahsida Samandarov Xitoy Taypeyi vakili Çeng Po Yu bilan kuç sinaşdi. Özbekistonlik sportçi 1:2 hisobida mağlub bölib, musobaqani ikkinçi örinda yakunladi.
Uşbu medaldan söng Özbekiston terma jamoasining Dakardagi Olimpiya öyinlarida qölga kiritgan medallari soni törttaga yetdi. Ularning uçtasi kumuş, bittasi bronza medalidir.
Musobaqalar davom etmoqda.