Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Olimpiya şaharçasida Prezident Olimpiadasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi.
Stadionda hududiy terma jamoalar, şuningdek, 2026-yilgi Osiyo va Paraosiyo öyinlari ğoliblari saf tortdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida iştirokçilarni ikkinçi bor ötkazilayotgan Prezident Olimpiadasi bilan tabrikladi.
Joriy yilgi bellaşuvlarda 3,5 mingdan ziyod yoş sportçi olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça kuç sinaşadi. Ularga 1,5 ming nafar murabbiy hamrohlik qilmoqda.
Prezidentimiz mamlakatimizda ommaviy sportdan professional sportgaça, iqtidorlarni saralaşdan xalqaro musobaqalarga tayyorlaşgaça bölgan yaxlit tizim yaratilganini ta’kidladi. Ötgan ön yilda özbekistonlik sportçilar yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta, jumladan, 1 ming 675 ta oltin medalni qölga kiritdi. Bu avvalgi ön yillikka nisbatan uç baravar köp. Medallarning uçdan biri sportçi qizlarimiz hissasiga töğri keladi.
Yaqinda Samarqandda ötkazilgan Butunjahon şaxmat olimpiadasida yigitlarimiz ikkinçi bor ğolib bölgani qayd etildi. Yaponiyadagi XX yozgi Osiyo öyinlarida esa Özbekiston terma jamoasi 21 ta oltin, 25 ta kumuş va 24 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida beşinçi örinni egalladi.
Parasportçilarimizning matonati va mahorati ham yuqori baholandi. Ular Paraosiyo öyinlarida 45 ta oltin, 49 ta kumuş va 51 ta bronza — jami 145 ta medalni qölga kiritib, umumjamoa hisobida uçinçi örinni egalladi.
Davlatimiz rahbari sportçilar, ularning ustoz va murabbiylari hamda farzandlarining orzusini qöllab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarga minnatdorlik bildirdi.
Özbekiston yirik xalqaro musobaqalar ötkaziladigan sport markaziga aylanib borayotgani ta’kidlandi. Sönggi tört yilda mamlakatimizda jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin musobaqa taşkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida Özbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatiga ilk bor mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz yoş sportçilarga murojaat qilib, yuksak natijaga kuçli iroda, intizom va tinimsiz mehnat bilan erişilişini qayd etdi.
– Özingga işon! Öz ustingda işla! Öz yurtingga munosib böl! Bu sözlar har biringizning hayotiy şioringizga aylansin, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezident Olimpiadasi iştirokçilari uçun yangi imkoniyat va rağbatlar e’lon qilindi. Kelasi yildan ğolib va sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oşiriladi: birinçi örin uçun 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin uçun 6 million söm beriladi.
Musobaqada ğolib bölib, Özbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvçilari oliy ta’lim muassasalarining sport yönalişlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. Kelgusida sport turlari 35 taga yetkazilib, unda 14 yoşdan 17 yoşgaça bölgan öquvçilar qatnaşadi.
Har yili Olimpiada ğoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro öquv-maşğulot yiğinlariga yuboriladi. Kelasi yildan ğoliblarga bir yillik stipendiya tayinlanadi. Öz yönalişida eng yaxşi natijaga erişgan sport maktablari zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Şuningdek, poytaxtdagi Olimpiya şon-şuhrati muzeyi Olimpiya şaharçasiga köçirilişi ma’lum qilindi. Bu yoş sportçilarga çempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi.
Prezidentimiz yoşlarni oçilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanişga, halol bellaşişga, ota-ona va ustozlarini qadrlaşga da’vat etdi.
– Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxşi döst böling, – dedi davlatimiz rahbari.
Şundan söng Prezident Şavkat Mirziyoyev 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini oçiq deb e’lon qildi. Davlat madhiyasi yangradi.
Marosim konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir yakunida Prezident Olimpiadasining maş’alasi yoqildi.