Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Minsk avtomobil zavodi (MAZ) rahbariyati bilan Özbekistonda kommunal va maxsus texnikalar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqariş hamda servis infratuzilmasini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hudud delegatsiyasi Belarusga işçi taşrifi doirasida mazkur korxonaga bordi. Özbekiston vakillari işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişib, sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş va qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça muzokaralar ötkazdi.
MAZ boş direktori Valeriy Ivankoviç bilan uçraşuvda Zoir Mirzayev korxonaning Özbekiston bozoridagi faolligini qayd etdi. Tomonlar yangi işlab çiqariş loyihalarini yölga qöyiş va mavjud sanoat quvvatlaridan yana-da kengroq foydalaniş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Muhokamaning asosiy yönalişlaridan biri Krantas brendi ostida mahsulot işlab çiqaruvçi Nurafşon-maxsus-texnika zavodida MAZ texnikasini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş imkoniyati böldi. Xususan, çiqindi taşuvçi maşinalar, avtotsisternalar va kran-manipulyatorlar işlab çiqariş masalasi muhokama qilindi.
Uçraşuv iştirokçilari Toşkent viloyati şaharlarida jamoat transporti va yuk taşuvçi avtomobillar parkini yangilaş istiqbollarini ham körib çiqdi. Transport vositalarini bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş va bir yöla tuşadigan moliyaviy yukni kamaytiriş maqsadida texnikani bölib tölaş şarti bilan sotiş va lizing asosida yetkazib beriş variantlarini işlab çiqiş taklif etildi.
Avtomobil butlovçi qismlari, jumladan, rama elementlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoniyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bundan taşqari, tomonlar texnik mutaxassislarni tayyorlaş, muhandislik tajribasi bilan almaşiş, şuningdek, viloyatda MAZ servis markazi va ehtiyot qismlar omborini oçiş masalalarini muhokama qildi.
2026 yil iyul oyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nurafşon şahridagi Nurafşon-maxsus-texnika zavodiga taşrif buyurgan edi. Korxona Krantas brendi ostida maxsus va yuk taşuvçi transport vositalari, harbiy texnika, traktorlar, avtomobil ustqurmalari va mexanizmlarini işlab çiqaradi.
Avval e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, korxona loyihasining qiymati 50 million dollarni taşkil etgan. Zavod AQŞ, Germaniya, Italiya, Şvetsiya, Rossiya, Xitoy va Turkiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan.