7
Sport

Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari beş yillik memorandum imzoladi

Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari beş yillik memorandum imzoladi
Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari beş yillik memorandum imzoladi / Foto: Özbekiston şaxmat federatsiyasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Tojikiston şaxmat federatsiyalari beş yil muddatga möljallangan hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat qöşma turnirlar va öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş, mutaxassislar örtasida tajriba almaşiş hamda bolalar va ösmirlar şaxmatini rivojlantirişni nazarda tutadi. Bu haqda Özbekiston şaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Memorandum 2026 yil 10 noyabr kuni Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisining örinbosari Komil Sindarov va Tojikiston şaxmat federatsiyasi prezidenti Zafar Mirzo tomonidan imzolandi.

Kelişuv doirasida tomonlar har ikki mamlakatda şaxmatni ommalaştirişga qaratilgan qöşma loyihalar va tadbirlarni amalga oşirişni, şaxmatçilar, murabbiylar va hakamlarning bir-birlarining musobaqalari, öquv-maşğulot yiğinlari hamda seminarlarida iştirok etişiga kömaklaşişni rejalaştirmoqda.

Şuningdek, yoşlar va ösmirlar terma jamoalari uçun ham qöşma maşğulot dasturlarini taşkil etiş, ikki tomonlama va xalqaro turnirlar, matç uçraşuvlari hamda döstlik musobaqalarini ötkaziş közda tutilgan.

Hamkorlikning alohida yönalişlari sifatida murabbiylik va hakamlik faoliyatida tajriba almaşiş, mahorat darslarini taşkil etiş, iqtidorli yoş şaxmatçilarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş, şaxmat infratuzilmasini rivojlantiriş, şuningdek, hamkorlar va homiylarni jalb qiliş belgilangan.

Memorandum beş yil muddatga tuzildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.