7
Iqtisod

Özbekiston Şvetsiya va Boltiqböyi davlatlarida işga joylaşiş böyiça kelişuvga erişdi

Özbekiston Şvetsiya va Boltiqböyi davlatlarida işga joylaşiş böyiça kelişuvga erişdi
Özbekiston Şvetsiya va Boltiqböyi davlatlarida işga joylaşiş böyiça kelişuvga erişdi / Foto: Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Migratsiya agentligi Şvetsiya va Boltiqböyi davlatlari korxonalari uçun xodimlar tanlaş bilan şuğullanuvçi Latviyaning BRIGG kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Tomonlar Özbekiston fuqarolarini uyuşgan holda işga joylaştiriş va xorijiy iş beruvçilar talablarini hisobga olgan holda mutaxassislar tayyorlaşni rivojlantiriş niyatida. Bu haqda Özbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.

Hujjat 2026 yil 9 noyabr kuni özbek delegatsiyasining Şvetsiyaga işçi taşrifi doirasida agentlik direktori va BRIGG vakillari örtasida bölib ötgan uçraşuvda imzolandi.

Kompaniya ma’lumotlariga köra, Şvetsiya iş beruvçilari metall saralaş mutaxassislari, yuklagiç va ekskavator operatorlari, yuk avtomobillari va avtobuslar mexaniklari, işlab çiqariş mexaniklari hamda metallni qayta işlaş korxonalari işçilariga qiziqiş bildirmoqda.

BRIGG vakillarining xabar berişiça, Latviyada payvandçilar, mexaniklar, işlab çiqariş xodimlari va boşqa texnik mutaxassislarga talab yuqori. Kompaniya Litvadagi iş beruvçilar bilan ham hamkorlikni kengaytirmoqda.

Özbekiston tomoni aniq buyurtmalar olinganidan söng nomzodlarni izlaş va dastlabki saralaşga kömaklaşişga, zarurat tuğilganda esa ularning kasbiy va til tayyorgarligini taşkil etişga tayyorligini bildirdi. Xodimlarni yakuniy tanlaş iş beruvçilar zimmasida qolişi közda tutilgan. Ular nomzodlarning malakasini baholaydi va suhbatlar ötkazadi.

Tomonlar mehnat şaroitlari, malaka va xorijiy tillarni bilişga qöyiladigan talablar, zarur xodimlar soni hamda ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş tartibini ham muhokama qildi.

Hamkorlikning birinçi bosqiçi sifatida nomzodlarning kiçik guruhini pilot tarzda işga jalb qiliş körib çiqilmoqda. BRIGG ma’lumotlariga köra, Latviyada işlaş uçun beş nafar nomzod dastlabki saralaşdan ötgan. Biroq viza arizalarini topşiriş uçun navbatga yozilişdagi qiyinçiliklar sababli hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni töxtatib turibdi.

Şvetsiya uçun ham şunga öxşaş pilot mexanizmni körib çiqiş taklif etildi.

Iş beruvçilarning aniq ehtiyojlari kelişib olinganidan söng BRIGG kompaniyasi nomzodlarga qöyiladigan talablar va xodimlarni tanlaş böyiça takliflarni taqdim etişi, Migratsiya agentligi esa mutaxassislarni saralaş va tayyorlaşga kömaklaşişi kerak.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.