Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmi 179,7 trillion sömga yetdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 11,3 foizga köp. Bu haqda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Körsatilgan xizmatlar hajmi böyiça Toşkent şahri yetakçilik qildi. Poytaxtda uşbu körsatkiç 32,6 trillion sömni taşkil etdi. Ikkinçi örinni 21,6 trillion söm bilan Samarqand viloyati, uçinçi örinni esa 17,8 trillion söm bilan Namangan viloyati egalladi.
Hisobot davrida xizmatlar hajmining eng yuqori ösiş sur’ati Samarqand viloyatida qayd etildi. Bu yerda körsatkiç 14,9 foizga oşdi.
2026 yil yakuniga qadar mamlakatda yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari hajmini 220 trillion sömga yetkaziş rejalaştirilgan. Yilning dastlabki töqqiz oyida yillik maqsadli körsatkiçning 81,7 foizi bajarildi.