Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Bluestone Investment Bank milliy kapital bozorini rivojlantirish hamda mahalliy kompaniyalarning xalqaro bozorlarda moliyalashtirish jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.
Muzokaralar 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Bluestone Investment Bank prezidenti Martin Kuinn bilan uchrashdi.
Tomonlar o‘zbekistonlik kompaniyalarning xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar xalqaro investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli investitsiya tashabbuslarini ilgari surish maqsadida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha muayyan loyihalar va kelishuvlar tafsilotlari maʼlum qilinmadi.