Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston futbol assotsiatsiyasida taşkilot rahbariyati, milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro hamda turli yoş toifalaridagi erkaklar va ayollar terma jamoalari murabbiylari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Unda 2026 yilda amalga oşirilgan işlar sarhisob qilinib, 2027 yil uçun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Muhokamada U-23, U-20, U-18, U-17, U-16, U-15 va U-14 yoş toifalaridagi milliy terma jamoalar murabbiylari iştirok etdi. Assotsiatsiya rahbariyati erişilgan natijalarni qayd etiş bilan birga, yöl qöyilgan xatolar va kamçiliklarni ham tahlil qildi hamda ularni bartaraf etiş böyiça tegişli tavsiyalar berdi.
Jamoalar boş murabbiylari amalga oşirilgan işlar, sport natijalari va kelgusi yil uçun rejalar yuzasidan hisobot taqdim etdi.
Futbolçilarning jismoniy, taktik va psixologik tayyorgarligi, şuningdek, xalqaro musobaqalar oldidan maşğulot jarayonini taşkil etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, hujumçilar va darvozabonlarning individual tayyorgarligini kuçaytiriş zarurati muhokama qilindi. Fabio Kannavaro özining xalqaro tajribasiga tayangan holda yoşlar va ösmirlar terma jamoalari murabbiylariga ham tavsiyalar berdi.
2027 yildagi asosiy vazifalardan biri sifatida Özbekistonda 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasida Osiyo kubogini ötkaziş belgilandi. Musobaqa may oyiga rejalaştirilgan. Assotsiatsiya turnirni yuqori saviyada taşkil etiş va milliy terma jamoani munosib iştirok etişga tayyorlaşni maqsad qilgan.
Bundan taşqari, yiğilişda 2027 yil sentyabr–oktyabr oylarida Özbekistonda ötkazilişi rejalaştirilgan U-20 jahon çempionatiga tayyorgarlik masalalari ham körib çiqildi.
Assotsiatsiya ma’lumotiga köra, mazkur musobaqalarni taşkil etiş va milliy terma jamoalarning iştirokini ta’minlaş uçun zarur şaroitlar yaratiladi.
Uçraşuv yakunlari böyiça barça jamoalar oldiga aniq vazifalar qöyildi. Ustuvor yönalişlar qatorida xalqaro musobaqalardagi natijalarni yaxşilaş, futbolçilar zaxirasini şakllantiriş va özbek futbolining raqobatbardoşligini oşiriş belgilandi.