Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonning 15 yoşgaça bölgan ösmirlar terma jamoasi Bokuda ötayotgan FIFA U-15 World Cup & Festival 2026 musobaqasining B darajasidagi 1/8 final uçraşuvida Madagaskar terma jamoasiga 1:4 hisobida mağlub böldi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Bunga qadar pley-offning B darajasida Özbekiston terma jamoasi Gvatemala ustidan 4:1 hisobida ğalaba qozongan edi. Madagaskar esa avvalgi uçraşuvda Iroq terma jamoasini 2:1 hisobida mağlub etgan.
Musobaqa taqvimiga köra, 29 oktyabr kuni Özbekiston terma jamoasi Kosta-Rika terma jamoasi bilan öynaydi.
Guruh bosqiçida Özbekiston terma jamoasi W guruhida ikkinçi örinni egalladi. Jamoa Bagama orollari (6:1), Qozoğiston (2:0), Guam (6:0) va Myanma (4:0) terma jamoalarini mağlub etdi, Ganaga esa 1:4 hisobida yutqazdi.
Musobaqa nizomiga muvofiq, guruh bosqiçidan keyin jamoalar A dan F gaça bölgan darajalarda iştirokini davom ettiradi. Har bir darajada alohida ğolib aniqlanadi. A darajasi ğolibi esa musobaqaning umumiy çempioni böladi.
Musobaqa 22–31 oktyabr kunlari Bokuda ötkazilmoqda. Unda 191 mamlakatning ösmirlar terma jamoalari iştirok etmoqda.