7
Sport

Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi

Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi
Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining ikkinchi bosqichiga chiqdi / Foto: O'zbekiston tennis federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Ningbo Open turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi. U ispaniyalik Kristina Bukshani 7:6 (7:5), 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Buksha Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida 38-o‘rinni egallab turibdi. Uning faoliyatidagi eng yuqori natijasi esa reytingning 30-pog‘onasiga ko‘tarilish bo‘lgan.

Keyingi bosqichda Kudermetova turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi va jahonning birinchi raketkasi Yelena Ribakina bilan uchrashadi. Ribakina yuqori reytingdagi o‘rni tufayli to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga yo‘l olgan.

Kudermetova va Ribakina o‘rtasidagi uchrashuv 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.