Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 20 oktyabr kuni vazirlikda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi raisi, Bangladesh tashqi ishlar vaziri Xalilur Rahmonni qabul qildi.
Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi hamkorlik va Bosh Assambleyaning joriy sessiyasi kun tartibini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Uchrashuvda, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston tomoni Xalilur Rahmonga mamlakatning xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.