Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Milliy futbol markazi va Yangi Toshkentda qurilayotgan stadionga tashrif buyurdi.
Milliy futbol markazida OFK vakillari hakamlarga videoko‘mak berish markazi (VAR) faoliyati, futbolni raqamlashtirish borasida erishilgan natijalar hamda tibbiyot markazining ishi bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng delegatsiya Yangi Toshkentda qurilish ishlari davom etayotgan stadionni ko‘zdan kechirdi.
Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa mamlakatda yaratilgan sport infratuzilmasiga ijobiy baho berdi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni va uni yana-da rivojlantirish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilayotganini alohida taʼkidladi.