Sport

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazdi

O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazdi
O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazdi / Foto: UFA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA xalqaro oynasi doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreya Respublikasi terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv 6 oktyabr kuni Janubiy Koreyaning Yonʼin shahridagi Yongin Mireu Stadium stadionida bo‘lib o‘tdi.

Mezbonlar 6-daqiqadayoq hisobni ochdi. Janubiy Koreya Respublikasi terma jamoasi sardori Son Xin Min o‘zbek jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoasini oldinga olib chiqdi.

Tanaffusdan so‘ng koreyaliklar ustunlikni oshirdi. 60-daqiqada O Se Xun ikkinchi golni kiritib, uchrashuvning yakuniy hisobini — 2:0 ni o‘rnatdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi xalqaro oynadagi ishtirokini mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga qadar Fabio Kannavaro shogirdlari mazkur xalqaro oyna doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi Eronni 3:1, Suriyani esa 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.