Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi arafasida uşbu mamlakat hukumati va biznes vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.
Xususan, Iordaniya sanoat, savdo va ta’minot vaziri Yarub Qudah bilan uçraşuv bölib ötdi. Tomonlar özaro savdoni kengaytiriş, investitsiyalarni jalb qiliş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar geologiya, kimyo va toğ-kon sanoati, energetika, töqimaçilik, qişloq xöjaligi hamda farmatsevtika sohalarini qamrab oldi.
Özbekiston va Iordaniyada qöşma işlab çiqariş korxonalarini taşkil etiş, zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş va eksport yetkazib beriş hajmini oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş masalasi ham muhokama qilindi.
Tomonlar preferensial savdo töğrisidagi bitimni tayyorlaş, logistika quvvatlarini kengaytiriş va havo orqali yuk taşişni rivojlantiriş masalalarini körib çiqdi.
Muzokaralar yakunlari böyiça istiqbolli investitsiya loyihalari va savdo kelişuvlari portfeli şakllantirildi. Aniq loyihalar, ularning qiymati va amalga oşiriş muddatlari haqida ma’lumot berilmagan.