Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston mediafutbol terma jamoasi Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida ötkazilgan örtoqlik uçraşuvida Rossiya jamoasiga 4:7 hisobida mağlub böldi.
Rossiya jamoasiga Moskva SSKA klubi tarkibida Rossiya çempioni bölgan Pavel Mamayev boşçilik qildi.
Ğoliblar safida Artyom Ntumba, Mixail Prokopyev, Dmitriy Yegorov va Aleksey Gasilin gol urişga muvaffaq böldi. Anar Abdullayev bullitni aniq amalga oşirdi, Vasiliy Mavrin esa bonus golini kiritdi.
Rossiya mediafutbol terma jamoasi tarixidagi ilk xalqaro uçraşuvini 4 sentyabr kuni Duşanbe şahrida ötkazgan edi. Öşanda Leonid Sluskiy boşçiligidagi jamoa Tojikiston mediafutbol terma jamoasini 4:3 hisobida mağlub etgan.