7
Iqtisod

Toşkent aeroportida telefonlarni rasmiylaştiriş vaqtinça töxtatildi

Toşkent aeroportida telefonlarni rasmiylaştiriş vaqtinça töxtatildi
Toşkent aeroportida telefonlarni rasmiylaştiriş vaqtinça töxtatildi

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent xalqaro aeroporti orqali olib kirilayotgan mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş IMEI kodlarini tekşiriş va ularning qonuniy olib kirilganini tasdiqlaş tartibi aniqlaştirilgunga qadar vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Özbekiston Bojxona qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunday qaror bojxona tölovlarisiz tovar olib kiriş me’yorlaridan noqonuniy foydalanişning murakkab sxemalari aniqlangani bilan boğliq. Idora ma’lumotlariga köra, IMEI kodlarini soxtalaştiriş, boşqa qurilmalarning identifikatorlaridan foydalaniş va bir telefon ma’lumotlari orqali bir neçta qurilmani qonuniylaştirişga uriniş holatlari köpaygan.

2026 yil boşidan buyon “Toşkent-AERO” bojxona posti xodimlari umumiy qiymati 8,8 mlrd söm bölgan 1 185 ta mobil qurilmani noqonuniy olib kirişga qaratilgan 185 ta urinişning oldini olgan.

Bojxona qömitasida IMEI identifikatorlarini, jumladan, IMEI-1 va IMEI-2 kodlari bitta qurilmaga tegişli ekanini tekşiriş maxsus bilim va malaka talab qilişini ta’kidlaşdi. Şuningdek, uşbu kodlardan foydalangan holda avval tarmoqda qayd etilgan hodisalar mavjud yoki mavjud emasligini ham aniqlaş zarur.

Idora boşqa davlat organlari bilan hamkorlikda IMEI kodlarini tekşiriş va mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş tartibini aniqlaştiriş böyiça çora-tadbirlar belgilaganini ma’lum qildi. Tegişli tartib kelişilganidan söng vaziyatga qisqa muddatda oydinlik kiritiş va qurilmalarni belgilangan tartibda rasmiylaştirişni qayta tiklaş rejalaştirilgan.

Bojxona qömitasi yölovçilarni ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan xabarlarga işonmaslikka va faqat rasmiy manbalarga tayanişga çaqirdi.

Mobil qurilmalarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş masalalari va ehtimoliy korrupsiya holatlari haqida xabar beriş uçun idoraning keça-yu kunduz işlaydigan 11-08 qisqa raqamli işonç telefoniga murojaat qiliş mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.